1

Andijonda appendisitga gumonlanib operasiya qilingan ayol vafot etdi

Jamiyat 27.05.2022, 18:36
Andijonda appendisitga gumonlanib operasiya qilingan ayol vafot etdi

Viloyat prokuraturasi bu bo`yicha bayonot berdi.

Aniqlanishicha, Qo`rg`ontepa tumani, Qo`shtepa MFY, Mustaqillik ko`chasida yashagan fuqaro D.O. 2022 yil 26 aprel kuni tuman tez tibbiy yordam bo`limiga o`tkir appendisit tashxisi bilan olib kelingan.  

Shu kuni jarroxlik operasiya o`tkazilib, operasiyadan keyingi holati yaxshilanmaganligi oqibatida 2022 yil 28 aprel kuni vafot etgan.  

"Mazkur holat yuzasidan Qo`rg`ontepa tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.O ning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1