1

Sanjar Matkarimovga sud hukmi o`qild

Jamiyat 27.05.2022, 22:42
Sanjar Matkarimovga sud hukmi o`qild

Bugun, 27 may kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tuman sudida Sanjar Matkarimovga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, xonanda Ruxshona 2021 yilning oktyabr oyida turmush o`rtog`i bilan ajrashgandan keyin uni Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bo`yicha sudga bergan. Unga ko`ra, Sanjar Matkarimov turmush o`rtog`iga qasddan badaniga shikast etkazgan, ijtimoiy tarmoqlarga videosini tarqatib tuhmat qilgan, shaxsiy sirini tashkil etuvchi ma`lumotlarni uning roziligisiz g`arazli niyatlari yo`lida qonunga xilof ravishda “Tik-tok” ijtimoiy tarmog`ida tarqatib, shaxsiy hayot daxlsizligini qasddan buzganlikda ayblangan.

Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so`roq qilingan Sanjar Matkarimov unga qo`yilgan ayblovlarni tan olmagan.

Ikki tarafning ham so`zlari eshitilgandan keyin sud hukmi o`qilgan. Hukmga ko`ra, rejissor Sanjar Matkarimov Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, 139-moddasi 3-qismining “g” bandi, 140-moddasi 2-qismi va 1411-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan aybdor deb topilgan.

Tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan Sanjar Matkarimovga uzil-kesil 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1