AsosiySport

Luis Suares faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

'Luis Suares faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin'ning rasmi

Madridning "Atletiko" klubi bilan xayrlashgan hujumchi Luis Suares kelgusidagi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda. 

Qayd etilishicha, 35 yoshli futbolchi xizmatiga "Aston Villa" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo`lmoqda. Birmingemliklar 2024 yilning yoziga qadar unga yangi shartnoma taklif qilmoqda. 

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard ilgari Suares bilan "Liverpul" safida birga to`p surgan hamda uni o`z jamoasi safida ko`rishni istamoqda. 

Shuningdek, Suares xizmatiga MLSdan "Inter" Mayami ham qiziqish bildirmoqda. 

    Boshqa yangiliklar