AsosiyDunyo

Dunyo bo`yicha qancha odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda?

'Dunyo bo`yicha qancha odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda?'ning rasmi

Ukraina inqirozi ortidan oziq-ovqat tanqisligi tufayli sayyoramizdagi och va to`yib ovqatlanmaydiganlar soni 220 millionga etishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti Maurisio Martina ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, inqirozdan oldin ham dunyoda och odamlar soni ko`paygan. Xususan 2021 yilda 53 mamlakatda deyarli 200 millionga yaqin kishi ocharchilikni boshdan kechirgan.  Ukrainadagi vaziyat sabab vaziyat yanada yomonlashgan. 

"Hozirgi mojaro ochlik bilan bog`liq vaziyatni yanada og`irlashtiradi, bizning dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, och odamlar soni yana 18 millionga ko`payishi mumkin, ammo ko`p narsa keyingi voqealarga bog`liq", dedi Martina.

    Boshqa yangiliklar