1

Namanganda yangi qurilgan ko`prikni sel yuvib ketdi

Jamiyat 28.05.2022, 21:29
Namanganda yangi qurilgan ko`prikni sel yuvib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on va Chortoq tumanlarini bog`lab turuvchi “Begabod” ko`prigini sel yuvib ketayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.  Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilninig 22 may kuni viloyatda yog`gan kuchli yomg`ir oqibatida Yangiqo`rg`on tumani Iskovot–Baliqko`l yo`lining 6-7 kilometridagi ko`prikning chap tomoni emirilgan. Bugun, 27 may kuni soyda suv ko`payishi kuzatilgan. Buning oqibatida ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlari va ekin maydonlariga zarar etmagan. 

“Hozirda ko`prik to`liq nazoratga olingan hamda sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari kunu-tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.                                  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1