AsosiyDunyo

AQSh rublni barqaror valyuta deb atadi

'AQSh rublni barqaror valyuta deb atadi'ning rasmi

AQShlik ekspertlar rublni joriy yildagi barqaror valyuta deb atadi. Bu haqda zamon.uz Amerikaning “SBS” telekanalida namoyish qilingan intervyuga tayanib ma`lum qildi.  

Tahlilchilarning fikricha, 2022 yilning yanvar oyidan boshlab rubl dollarga nisbatan 40 foizga qimmatlashgan. Bunga energiya narxining tez o`sib borishi va ularga to`lovlarlarni rublda amalga oshirishga o`tilgani sabab bo`lgan. Shuningdek, Rossiya Fedarasiyasining Markaziy banki tomonidan kapitalning chetga chiqib ketishi ustidan nazorat o`rnatilgan. 

“Bunday chidamlilik Rossiya iqtisodiyotini G`arb sanksiyalaridan himoya qilishga yordam beradi”, — deyiladi intervyuda. 


Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, 1 rossiya rubli 147.07 so`mni tashkil etgan bo`lsa, hozirda (30.05.2022 holatida) uning qiymati 164.87 so`mga etgan.

    Boshqa yangiliklar