Maftunaxon Abdiyusupova dunyoning 100 ta davlatidan tashrif buyurgan sportchilar orasida g`oliblik nashidasini surdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishcha, Braziliyaning Kashias du Sul shtatida tashkil etilgan Surdoolimpia (Deflimpiada) o`z nihoyasiga etdi. Ma`lumotga ko`ra, yozgi XXIV Deflimpiadada dunyoning 100 ta davlatidan sportchilar tashrif buyurgan . 3500 nafar sportchi sportning 21 ta turida medallar uchun kurashgan.
Unda O`zbekiston sharafini himoya qilgan Maftunaxon Abdiyusupova Rahmatilla qizi yakunda taekvondo bo`yicha yakkalik baxslarida Olimpiada bronza medaliga ega bo`lgan.






