Himoyachi Marselo "Real" klubini tark etishini ma`lum qildi. Bu haqda futbolchining o`zi Evropa Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdan aytib o`tdi.
"Bu mening "Real" safidagi so`nggi o`yinim bo`ldi. Mana shunday yakundan juda ham xursandman", - deydi Marselo.
Ma`lumot uchun, 34 yoshli futbolchi 18 yoshidan buyon "Real" safida to`p surib keladi. Bu vaqt oralig`ida jamoa safida 25ta sovrinni qo`lga kiritdi.






