Qirg`izistonning Bishkek shahrida boks bo`yicha kattalar o`rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir o`z nihoyasiga etdi. Unda Qirg`iziston, O`zbekiston, Qozog`iston va Xitoydan 130 nafardan ortiq bokschi ishtirok etgan.
Turnirda asosan yoshlar jamoasi vakillari bilan qatnashgan O`zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg`ardi. Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo`lishdi. Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz shohsupaga ko`tarilgan:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-67 kg: Lazizbek Fattoev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-92 kg: Diyorbek O`rolov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-80 kg: Jasurbek Yo`ldoshev
-51 kg: Abdumajid Mannopov
Bronza:
-71 kg: Kamronbek Turg`unboev
-63,5 kg: G`ofurjon Tohirov
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo`ziev
Shuningdek, qizlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo`lishdi. G`olib va sovrindorlar:
Oltin:
-48 kg: Marjona Savrieva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O`ktamova
-75 kg: Sohiba Ro`zmetova
Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-54 kg: Nozimaxon Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
Bronza:
-66 kg: Xadichabonu Abdullaeva






