AsosiyDunyo

Nazarboev: Global yadro xavfsizligi masalasida ishlayapman

'Nazarboev: Global yadro xavfsizligi masalasida ishlayapman'ning rasmi

Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev global yadro xavfsizligi masalasi bilan shug`ullanishda davom etayotganini ma`lum qildi, deb yozmoqda Zamon internet nashri.

"Iste`foga chiqqanimdan so`ng, men bilan ko`plab davlat rahbarlari bog`landi va o`z mamlakatiga taklif qildi. Ulardan minnatdorman. Ularning ayrimlari bilan aloqalarni saqlab qolganman. Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkilotining yaratilishida bevosita qatnashganman va ular meni faxriy rais sifatida saylagan.

Shu bilan birga global yadro xavfsizligiga e`tibor qaratyapman. Mening topshirig`im bilan Semipalatinsk yadro poligoni yopilgach, Qozog`iston yadroviy qurolsizlanish bo`yicha dunyoning etakchi davlatiga aylangandi", deb qayd etgan Nazarboev siyosatshunos Daniyar Ashimbaevga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar