AsosiyDunyo

Ertaga meteorit bo`roni bo`lishi e`lon qilindi

'Ertaga meteorit bo`roni bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

Qrimlik astronom Aleksandr Yakushechkin ertaga, 31 may kuni Er aholisini o`ta shiddatli meteorit bo`roni kutayotganini ma`lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“31 may kuni ertalab erliklarni ajoyib manzara kutmoqda — haqiqiy meteor yomg`iri, meteoritlar soni soatiga 10 mingtagacha etishi mumkin. Meteorit faolligining kuchayishi taxminan ikki soat davom etadi, hisob-kitoblarga ko`ra, uning maksimal vaqti soat 06:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 08:30)”, degan Yakushechkin. 

Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, bu hodisa eng yaxshi g`arbiy yarimsharda, Shimoliy Amerikada kuzatiladi. 

Yakushechkinning qo`shimcha qilishicha, meteoritlar asosan zaif va xira bo`ladi, shuning uchun hodisani shahar tashqarisida kuzatish maqsadga muvofiqdir.

    Boshqa yangiliklar