1

“O`zbekneftgaz” AYoQShlarida benzin narxi oshmaydi, chunki...

Iqtisodiyot 31.05.2022, 11:45
“O`zbekneftgaz” AYoQShlarida benzin narxi oshmaydi, chunki...

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida neft mahsulotlariga nisbatan aksiya solig`i stavkalarining miqdori oshishi ortidan 2022 yil 1 iyun kunidan boshlab avtobenzin narxining oshishiga doir xabarlar e`lon qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan “O`zbekneftgaz” matbuot xizmati munosabat e`lon qildi. 

Ta`kidlanishicha, “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” 2021 yil 29 dekabrdagi O`RQ-741-son Qonuniga muvofiq quyidagi neft mahsulotlari va yakuniy iste`molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1 iyundan o`zgartirishlar kiritilmoqda:

a) neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– 1 tonna Ai-80 markali avtobenzin: amalda – 240 000 so`m, 1 iyundan – 275 000 so`m (o`zgarish 35 000 so`m yoki 15 %);

– 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali avtobenzin: amalda – 275 000 so`m, 1 iyundan – 275 000 so`m (o`zgarishsiz);

– 1 tonna dizel yoqilg`isi: amalda – 240 000 so`m, 1 iyundan – 264 000 so`m (o`zgarish 24 000 so`m yoki 10 %);

– 1 tonna EKO dizel yoqilg`isi: amalda – 216 000 so`m, 1 iyundan – 237 600 so`m (o`zgarish 21 600 so`m yoki 10 %).

b) yakuniy iste`molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– benzin: amalda – 465 530 so`m / tonna yoki 350 so`m / litr, 1 iyundan – 512 000 so`m yoki 385 so`m / litr (o`zgarish 46 470 so`m yoki 35 so`m / litr yoki 10 %);

– dizel yoqilg`isi: amalda – 425 918 so`m / tonna yoki 350 so`m / litr, 1 iyundan – 468 000 so`m / tonna yoki 385 so`m / litr (o`zgarish 42 082 so`m yoki 35 so`m / litr yoki 10 %).

Yuqoridagi o`zgarishlar AI-80 benzini misolida ko`rilganida, AYoQShlarda o`rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to`lovlar o`rtacha 71 so`mgacha (QQS bilan) bo`lgan miqdorda chakana narxiga ta`sir qilishi mumkin.

Shu bilan birga, “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida 1 iyundan aksiz soliqlari bo`yicha kiritilayotgan o`zgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 so`mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1