AsosiySUG'DIYONA

Uy sharoitida botoks o`rnini bosuvchi 10 niqob

Jelatin — yuz terisini taranglashtirish, mayda ajinlardan, turli shishlardan xalos qilish, tozalash xususiyatlariga ega, deydi “Sosmo.ru” nashri.  

Jelatin – yuz terisini taranglashtirish uchun zarur bo`lgan kollagenning tabiiy konidir. Jelatinda teri uchun zarur bo`lgan aminokislotalar, hujayralarni qayta tiklovchi glisin, teri namligini me`yorida ushlab turuvchi prolin, teri elastikligiga javobgar bo`lgan alanin, hujayra quvvat manbasi bo`lgan glyutaminlar mavjud. Bu ro`yxatni davom ettiradigan bo`lsak, uning koni foydaligiga o`zingiz amin bo`lasiz. 

UY ShAROITIDA JELATINDAN NIQOB TAYYoRLASh QOIDALARI

•  Oziq-ovqatda foydalaniladigan oddiy jelatindan foydalaning.
•  Uni faqat sovuq suvda iviting (yoki sut, dorivor o`simliklar damlamasi bilan ham ivitishingiz mumkin, ammo ular ham faqat sovuq holda ishlatilishi lozim!).
•  Har doim 1 choy qoshiq jelatinga 7 choy qoshiq suyuqlik qo`shing.
•  Ularni to shishib chiqqunga qadar bir necha soat ivitib qo`ying. Ularning ortiq shishmasligiga ishonch hosil qilgach, ishlatishingiz mumkin.
•  Yuz terisiga jelatinni surtishdan oldin uni suv vannasida isitib oling, ammo qaynatib yubormang.
•  Uy sharoitida tayyorlangan niqobni saqlab bo`lmaydi, uni bir marta ishlatish mumkin.

JELATINLI NIQOBNI SURTISh QOIDALARI
•  Jelatinli niqobni surtishdan oldin yuzingizdagi makiyajni o`chirib, skrab yoki piling yordamida tozalang.
•  Niqob surtishdan oldin yuzingizni quriting.
•  Niqobni bir tekisda engakdan peshana tomonga qarab surting.
•  Ko`z atrofiga niqob surtmang.
•  Niqobni surtib bo`lgandan keyin 30 daqiqa davomida gaplashmang, yuz muskullarini zo`riqtirmang.
•  Niqobni avval iliq suv, keyin sovuq suv bilan yuving. Shunda ham ketmasa, sutga botirilgan paxta bilan arting yoki niqobni plyonkani ko`chirganday ko`chirib oling.

JELATINLI NIQOBLAR RESEPTI
Antioksidant niqob

Bir osh qoshiq jelatinga 6 osh qoshiq suv quyib, to shishib chiqquncha qoldiring. 6-7 dona uzum donachasini urug`i bilan ezing, keyin uni jelatinga qo`shib, aralashtiring. Suv vannasida qizdirib, 30 daqiqaga yuzingizga surtib qo`ying.

Yog`sizlantiruvchi niqob
1 choy qoshiq jelatin ustiga 3 qoshiq kefir yoki 3 qoshiq sut quying. Jelatin shishib chiqqach, 1 osh qoshiq suli yormasidan soling. Bu niqob teri teshiklarini tozalab, yog` bezlarining faolligiga qarshilik qiladi.  

Lifting-niqob
Jelatinni ivitib qo`yib, mevali pyure qilishga kirishing. Agar yuz teringiz quruq bo`lsa, avokado yoki o`rikdan, me`yorida bo`lsa, kivi yoki apelsindan, mabodo yuz teringiz yog`li bo`ladigan bo`lsa, gilos yoki greypfrutdan foydalanishingiz mumkin. Tayyor bo`lgan pyureni jelatin bilan aralashtirib, 30 daqiqaga yuzingizga surting.

Botoks o`rnini bosuvchi niqob
1 choy qoshiq shaftoli yog`iga, 1 choy qoshiq aloe sharbati, 1 kapsuladan A va E vitaminini ivitib, shishirilgan jelatinga aralashtiring. Bu niqobni haftasiga 2 martadan 3 hafta davomida surtish kerak bo`ladi. Bu niqob haqiqatan ham botoks o`rnini yuosadi!

Yoshartiruvchi niqob
Suvda ivitilgan jelatinga 1 choy qoshiq apteka gliserinidan va asaldan qo`shing. Uy sharoitida tayyorlangan bunday niqob yuz terisini yoshartirish xususiyatiga ega.

Teri teshiklarini tozalovchi niqob
Faollashtirilgan ko`mir tabletkalarini hovonchada tuying, keyin unga suvda ivitilgan jelatinni qo`shing. Uni T-zonasiga va engagingizga surting. Bu resept yordamida yuzdagi qora nuqtalardan xalos bo`lish mumkin.

Terini taranglashtiruvchi niqob
Jelatinni sutda iviting, keyin unga 1 dona tuxum oqiini qo`shing. Aralashma quyuq bo`lgani uchun uni kurakcha yoki cho`tkacha yordamida yuzingizga bir tekisda surting.

Oziqlantiruvchi niqob
Sutda ivitilgan jelatinga 1 osh qoshiq tvorog qo`shing. Bunday niqob nafaqat oziqlantiruvchi, balki yumshatish va terini tiniqlashtirish xususiyatiga ham egadir!

Oqartiruvchi niqob
Jelatinni bir dona bodring suviga iviting. Aralashmani xona haroratida sovutib, yuzingizga surting.

Yumshatuvchi niqob
Agar yuz teringiz shamoldan qurib,yorilgan bo`lsa, ivitilgan jelatinni suv vannasida qizdirayotganda ozgina sariyog` qo`shing. Sariyog` erib ketgach, aralashmani sovuting, iliq holga kelgach, zararlangan joylarga surting.

    Boshqa yangiliklar