1

Shavkat Mirziyoev Tojikiston rahbari bilan tor doirada uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 02.06.2022, 18:47
Shavkat Mirziyoev Tojikiston rahbari bilan tor doirada uchrashuv o`tkazdi

Bugun, 2 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan tor doirada uchrashuv o`tkazdi.

Davlat rahbarlari o`zaro manfaatli O`zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda O`zbekiston Prezidentining matbuot kotibi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, muzokaralarda asosiy e`tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon ko`p qirrali O`zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo`lidan qat`iy borishlarini tasdiqlashgan.

"Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperasiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyorligini bildirdilar. Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash masalalari muhokama qilindi",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1