1

O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari o`rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Siyosat 02.06.2022, 21:37
O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari o`rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Bir muddat avval Shavkat Mirziyoev Tojikiston rahbari bilan tor doirada uchrashuv o`tkazgani haqida yozgan edik. Shundan so`ng,  davlat rahbari Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tayotgan brifingda "Toshkent-Dushanbe" yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi. Shuningdek, tadbirda mamlakatlar  o`rtasidagi abadiy do`stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini o`rnatishga alohida ahamiyat qaratilgan. Xususan, jarayondan xabar berilishicha, O`zbekiston-Tojikiston hamdo`stligining 30 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy do`stligiga bag`ishlangan badiiy film suratga olinadi.

Ayni damda tadbirlardan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lumot berishicha, O`zbekiston va Tojikiston Respublikalari o`rtasida jami 12 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, jumladan:

1. Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev hamda So`g`d viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha 2022-2023 yillarga mo`ljallangan “Yo`l xaritasi”ni;

2. O`zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoati qo`mitasi raisi Baxrom Sharipov va Tojikiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir Ipakchilik sohasida idoralararo hamkorlik Memorandumini;

3. O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Zulfiya Davlatzoda Madaniyat va san`at sohasida 2022-2023 yillarga mo`ljallangan idoralararo Bitimni;

4. O`zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev va Tojikiston Respublikasi Milliy banki raisi Xokim Holiqzoda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg`in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida Anglashuv memorandumini;

5. O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov hamda Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish bo`yicha Anglashuv memorandumini hamda Hamkorlik to`g`risida idoralararo Memorandumini;

6. O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Tojikiston Respublikasi bosh vazirining o`rinbosari Davlatali Said Sanoat kooperasiyasi sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo`yicha hukumatlararo “Yo`l xaritasi”ni;

7. O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Raxmon Abadiy do`stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to`g`risidagi Deklarasiyani imzoladilar.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1