AsosiyDunyo

Zelenskiyning ko`ylagi 100 ming dollarga pullandi

'Zelenskiyning ko`ylagi 100 ming dollarga pullandi'ning rasmi

Vashington shahrida o`tkazilgan kimoshdi savdosida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Kashta kuni”da kiygan kiyim 100 ming AQSh dollariga sotildi. Bu haqda manbalarga tayanib “Zamon.uz” nashri xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, ko`ylak yuridik kompaniyaga nasib qilgan. 

Ta`kidlanishicha, yig`ilgan mablag`lar mamlakat Milliy banki hisob raqamlariga o`tkaziladi va tegishli vazirliklar tomonidan Ukrainaning mudofaa va tibbiyot sohasiga, shuningdek, hududlarni minalardan tozalashga yo`naltiriladi.

Ma`lumot uchun Auksion “United 24” maxsus platformasi tashabbusi bilan o`tkazilgan. Mazkur platforma Ukraina ehtyojlari uchun xayriya yig`ishga xizmati qiladi. 

    Boshqa yangiliklar