AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi

'O`zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–272-son, 07.06.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Qatar Davlati Hukumatlari o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.

 Mazkur Bitim 2021 yil 9 iyunda Toshkent shahrida imzolangan.

Transport vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas`ul hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar