AsosiySport
7529

Ronalduning jarohati kutilganidan jiddiy bo`lib chiqdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaga qarshi (1:0) Evro-2016 finalida olgan jarohatidan so`ng maydonga qachon qaytishi ma`lum bo`ldi.

Ronaldu final o`yinining 25 daqiqasida maydonni tark etgandi. Fransuzlar yarim himoyachisi Dimitri Payet uning tizzasiga jarohat etkazgandi.

Marca nashrining xabar berishicha, dastlabki tibbiy tekshiruv 31 yoshli futbolchining tizza to`qimalari shikastlangani aniqladi. Uning tiklanishiga kamida bir oy muddat kerak bo`ladi.

Boshqa yangiliklar