O`zbekiston yanada rivojlanish yo`lida BMT institut va tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi

Siyosat 08.06.2022, 21:04
O`zbekiston yanada rivojlanish yo`lida BMT institut va tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi

Bugun, 8 iyun kuni Shavkat Mirziyoev va BMT bosh kotibi o`rinbosari Amina Muhammad uchrashuvida shu boradagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yig`ilishdan prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jahonning bosh halqaro tashkiloti delegasiyasi tarkibidagi uchrashuvda BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi rahbari Olga Algaerova va BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana ham ishtirok etdi.

Tadbirda O`zbekistonda rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida BMTning institut va markazlari bilan ko`p qirrali va samarali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqilgani aytiladi.

Ma`lum qilinishicha, delegasiya rahbari dastavvalO`zbekiston etakchisiga tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini etkazgan.

Uchrashuvda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, O`zbekistonda Barqaror rivojlanishning, eng avvalo, aholi turmush sifatini yaxshilash va farovonligini yuksaltirishga qaratilgan asosiy maqsadlari ijrosini ta`minlash uchun hamkorlikni mustahkamlash va qo`shma tadbirlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratilgan.

Kambag`allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, sog`liqni saqlash va ta`lim sohalarida keng ko`lamli islohotlarni ilgari surish, gender tenglik bo`yicha milliy strategiyani amalga oshirish, “yashil” energetikani jadal rivojlantirish, innovasiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani modernizasiya qilish va boshqa masalalar muhokamasi ham olib borilgani ta`kidlanadi.

"Muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti institut va tuzilmalari bilan keng ko`lamli hamkorligini qabul qilingan “yo`l xarita”lari asosida yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shma chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1