AsosiyDunyo

Eronda yo`lovchi poezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor...

'Eronda yo`lovchi poezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor...'ning rasmi

Eronning Janubiy Xuroson viloyatida yo`lovchi poezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo`ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat axborot agentligi xabar bermoqda. Taxminan Tabas shahri yaqinida poezd ekskavator bilan to`qnashib ketgan. Buning natijasida etti vagondan to`rttasi ag`darilib ketgan.

Janubiy Xuroson sudi oliy sudyasi bunga javoban shunday dedi: 

"Poezdning ag`darilishiga sababchi bo`lgan 6 kishini hibsga olish uchun ko`rsatma berildi".

Hojjatoleslom Movahedi Radning ta`kidlashicha, jarohatlanganlar va ularning ota-onalariga tovon puli imkon qadar tezroq va sud nazoratisiz amalga oshiriladi.

Manabalarga ko`ra, ofat yuz bergan hududi Tehrondan 550 km uzoqlikda joylashgani, aloqa yomonligi aytilmoqda. Voqea joyiga qutqaruvchilar va shifokorlar bo`lgan vertolyotlar ham etib kelgan. Mutaxassislar odamlarni vayronalar ostidan olib chiqib, yordam ko`rsatmoqda. Jabrlanganlar haqidagi ma`lumotlar hamon aniqlashtirilmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vaziri ham poezdi halokati inqirozining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va qo`mondonlik shtabining yig`ilishida shunday degan: 

"Halokat qurbonlari soni tez orada ma`lum qilinishi kerak".

    Boshqa yangiliklar