Keyingi yildan Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li qurilishi boshlanadi — Sadir Japarov

Siyosat 09.06.2022, 14:45
Keyingi yildan Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li qurilishi boshlanadi — Sadir Japarov

Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li loyihasi bo`yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Prezident Sadir Japarov Jalolobod viloyati To`qto`g`ul tumani aholisi bilan uchrashuvda aytib o`tdi, deya xabar bermoqda "akchabar.kg" nashri.

“Agar bu jarayon kuzgacha yakunlansa, keyingi yildan yo`l qurilishi boshlanadi. Agar uch davlat hamkorlikda ishlasa, bu yo`l 3-4 yil ichida qurib bitkaziladi”, — dedi Japarov.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi Raisi Oqilbek Japarov mazkur loyihaning qurilishi joriy yilning kuzida boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Ma`lumot uchun, bu tashabbus 1995 yildan beri muhokama qilinib kelinayotgan bo`lsa-da, o`shandan buyon amalga oshirilmagan. 2002 yilda Pekin kelajakdagi filialning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqladi. O`sha g`oyaga ko`ra, Torug`art dovoni orqali o`tuvchi yo`l Arpa jaylog`i bo`ylab o`tib, keyin O`zgan tumani orqali Qora-suv shahriga etib boradi va u erdan O`zbekistonga boradi. Uning umumiy uzunligi 268 kilometrni tashkil qilishi kerak edi.

Biroq uch davlat vakillarining takroriy uchrashuvlari yo`nalishni belgilash, shuningdek, milliy xavfsizlik, ekologiya va geosiyosat masalalarida kelishmovchiliklar tufayli yagona to`xtamga olib kelmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1