AsosiyDunyo

Antaliyaga yil boshidan buyon 2,5 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi

'Antaliyaga yil boshidan buyon 2,5 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi'ning rasmi

Joriy yilning dastlabki besh oyida Antaliyaga sayyohlar oqimi 2,4 milliondan ortiq kishini tashkil etdi.

O`tgan yili Turkiyaning mazkur "sayyohlik poytaxti"ga jami 9 millionga yaqin kishi tashrif buyurgan. Bu haqda mamlakat axborot agentligi xabar bermoqda.

Birgina may oyida Turkiyaning turistik poytaxtiga 1 million 198 ming 110 nafar sayyoh tashrif buyurgan, bu o`tgan yilga nisbatan 297 foizga ko`pligi aytiladi. Biroq Rossiya va Ukraina o`rtasidagi mojaro mamlakat turizmiga ham ta`sir qilgani aytilmoqda.

Ma`lumot uchun, yanvar-may oylarida Antaliyaga kelgan sayyohlar soni bo`yicha birinchi o`ntalikni Gollandiya, Polsha, Isroil, Qozog`iston, Litva, Eron va Daniya egallaydi.

Antaliya gubernatori Ersin Yaziji intervyulardan birida Antaliya dunyoning muhim turizm markazlaridan biri ekanligini bildirgan.

Uning eslatishicha, 2020 yilda pandemiya fonida Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi "Xavfsiz turizm" sertifikatlash dasturini joriy qilgan va buning natijasida Antaliya O`rta er dengizi havzasidagi eng ko`p sayyohlar kelgan shaharlar ro`yxatida birinchi o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar