Kuni kecha Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti Buxoro aeroportiga kelib qo`ndi. Shu munosabat bilan aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, aviakompaniya tomonidan Istanbul – Buxoro – Istanbul yo`nalishida muntazam aviaqatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari tashkil qilinadi.
Ma`lumot uchun, hozirda ikki mamlakat shaharlari o`rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga etdi.
Xususan, “Uzbekistan Airways” hamda “Turkish Airlines” tomonidan paritet asosida Toshkent – Istanbul – Toshkent yo`nalishida haftasiga 17 tadan, Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishida haftasiga 2 tadan, Samarqand –Istanbul – Samarqand yo`nalishida haftasiga 4 tadan, Farg`ona – Istanbul –Farg`ona yo`nalishida haftasiga 3 tadan va Buxoro – Istanbul – Buxoro yo`nalishida haftasiga 2 tadan muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda.






