AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 1 yoshli qizini 15 ming AQSh dollariga sotayotgan ona qo`lga olindi

'Sirdaryoda 1 yoshli qizini 15 ming AQSh dollariga sotayotgan ona qo`lga olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir yoshli qiz farzandini sotayotgan ayol qo`lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Guliston shahar hududida tezkor tadbir o`tkazilgan.

Unda 1996 yilda Sirdaryo viloyati Havas tumanida tug`ilgan Guliston shahrida yashab kelayotgan fuqaro O.U. o`zining 2021 yil 3 iyun kuni tug`ilgan farzandi O.Sh.ni o`n sakkiz yoshga to`lmaganligini va ojiz ahvoldaligini bila turib, “xaridor” fuqaro M.G.ga 15.000 (o`n besh ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O.Uga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar