AsosiyJamiyat

Marhamatda umumiy ovqatlanish oshxonasi yonib ketdi

'Marhamatda umumiy ovqatlanish oshxonasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 17 iyun kuni soat 06:52 da Andijon viloyati Marhamat tumani “O`zbekiston” MFY, Ipak yo`li ko`chasida joylashgan “Beshbola” umumiy ovqatlanish oshxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko`ra 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 06:56 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 07:08 da qurshab olingan va soat 07:58 da bartaraf etilgan.  

Yong`in natijasida oshxona 3 qavatining taxminan 250 kv.m. maydonda tom, shift va ichki qismi  yonib zararlangan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar