AsosiyJamiyat

To`yida kaltak egan surxondaryolik kelin kuyovni kechirib, u bilan yashashda davom etmoqda

'To`yida kaltak egan surxondaryolik kelin kuyovni kechirib, u bilan yashashda davom etmoqda'ning rasmi

To`y kuni turmush o`rtog`idan musht egan kelin, kuyov bilan yarashib, hayotini davom ettirmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining holatga nisbatan bildirgan munosabatida so`z boradi. 

Qayd etilishicha, Senatning Xotin qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan joriy yilning 6 iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi to`yda sodir bo`lgan holat bo`yicha o`rganish olib borgan. 

“Voqea yuz berganidan keyin mahalladagi otaxon va onaxonlar, kelin-kuyovning yaqinlari ishtirokida voqea muhokama etilib, kuyovning qilmishi noto`g`ri bo`lgani tanqid qilingan. Yigit qilmishidan pushaymon ekanligini aytib, kelindan kechirim so`ragan. Shu kunning o`zida kelin-kuyov yarashib ketgan, hozirgi paytda ular birga istiqomat qilmoqda”, deyiladi Senat bergan xabarda.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Senatda xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilgan.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Senatda xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilgan.

Senat a`zolari, Vazirlar Mahkamasi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat ushbu Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlar va voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan nojo`ya harakatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish bo`yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid masalalar muhokama etib boriladi.

Ayni kunlarda Ishchi guruh tomonidan sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, jazo choralarini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish bo`yicha keng jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini, olimlar va mutaxassislar, yoshlar fikrlari o`rganilib, takliflar yig`ilmoqda.

“Oliy Majlis Senati Xotin qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi ayollarga, qizlarga bo`layotgan bunday zo`ravonlik holatlarini keskin qoralaydi hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda noxush holatlarga yo`l qo`ymaslik, zo`ravonlik qilayotgan shaxslarga keskin choralar ko`rish bo`yicha ish olib borishni maqsad qilib qo`ydi.

Shu bilan birga, “Yoshlarni mustaqil hayotga, oilaga tayyorlashda yosh avlod ongiga “Oila – muqaddas”, “Sog`lom oila – sog`lom jamiyat”, “Oila jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” g`oyalarini singdirib borish, nikohlanuvchilarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalariga alohida e`tibor qaratish eng muhim masalalardan ekanligini alohida ta`kidlaydi.

Shuningdek, nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog`lom ma`naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo`lish ko`nikmalarini shakllantirishda ko`maklashish maqsadida to`yga qadar ularni bir-birlarining fe`l-atvorlari, dunyoqarashi va fikrlashlarini yanada yaxshiroq bilishlari uchun Oila markazlari mashg`ulotlari, davra suhbatlari, savol-javob kechalariga birgalikda jalb etish yo`lga qo`yiladi”, deyiladi Senat axborotida.

    Boshqa yangiliklar