AsosiyJamiyat

Samarqandda kanalda cho`kib ketgan 16 yashar yigitning murdasi topildi

'Samarqandda kanalda cho`kib ketgan 16 yashar yigitning murdasi topildi'ning rasmi

Samarqandda 16 yoshli yigit kanalda cho`kib ketdi. Uning jasadi kanaldan 8 kun deganda topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat taxminan 12:00 larda Urgut tumani Raxmatobod mahallasidan oqib o`tuvchi Zarafshon daryosining chap qirg`oq kanaliga shu mahallada yashovchi 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan F.M. o`z ehtiyotsizligi oqibatida tushib, cho`kib ketgan.

Qidiruv ishlari natijasida, 16 iyun kuni soat 13:30 larda “Boybul” mahallasi hududidan o`tgan “Jartepa” va “Panjikent” yo`nalishini kesib o`tuvchi “Yangi Darg`om” kanalining o`ng tomon qirg`og`idan F.M.ning murdasi tan jarohatlarisiz topilgan.

Shundan so`ng, o`lim sababini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlari holat yuzasidan biron bir kishiga da`vo va e`tirozlari yo`qligini hamda ekspertizadan o`tkazishga norozi ekanligini bildirgan.

Voyaga etmagan F.M. o`zining ehtiyotsizligi oqibatida suvda cho`kib, vafot etishi holatida biror-bir shaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bo`lmaganligi sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar