AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 18-21 iyun kunlari O`zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan holat bo`yicha shoshilinch axborot e`lon qildi

'"O`zgidromet" 18-21 iyun kunlari O`zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan holat bo`yicha shoshilinch axborot e`lon qildi'ning rasmi

Joriy yilning 18-21 iyun kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 20-21 iyunda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlari kuzatilishi mumkin. "O`zgidromet" bu haqda shoshilinch axborot berdi.

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda.

20-22 iyunda respublika hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin.

18-22 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

"Tog` oldi va tog`li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar