AsosiyJamiyat

Andijonda tibbiyot institutiga o`qishga kirish 14 ming AQSh dollariga baholandi

'Andijonda tibbiyot institutiga o`qishga kirish 14 ming AQSh dollariga baholandi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ulug`nor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu institutga 14 000 AQSh dollari evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma`lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar