O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Iqtisodiyot 21.06.2022, 14:36
O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 400 million dollar yo`qotdi. Bu haqda Markaziy bank ma`lumotlariga asoslanib, "Zamon" nashri yozmoqda. 

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko`ra, oltin zaxirasi 35,4 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu ko`rsatkich 2022 yil 1 may holatiga ko`ra, 35,9 milliard dollarga etgan edi.

May oyida oltinning fizik hajmi 11,1 million troyunsiyadan 11,4 million troyunsiyaga o`sdi. Uning qiymati 21,32 milliard dollardan 21,18 milliard dollarga tushdi.

Zaxira aktivlaridagi valyuta zaxiralari ham 13,5 milliard dollardan 13,1 milliard dollarga kamaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1