1

Prezidentlar hamkorlikning muhim yo`nalishlarini belgilab olishdi

Siyosat 21.06.2022, 22:31
Prezidentlar hamkorlikning muhim yo`nalishlarini belgilab olishdi

O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari muzokaralar yakuni bo`yicha brifing o`tkazilgani xabar qilindi.

Unda O`zbekiston rahbari Ozarbayjon delegasiyasini samimiy qutlab, ikki xalq munosabatlarining shonli tarixi bugungi ko`p qirrali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganini ta`kidlagan.

"Ma`naviy qadriyatlarimiz, dinimiz bir, madaniyat va tilimiz o`xshash", - deydi Shavkat Mirziyoev. 

– Ahmad Farg`oniy va Abu Rayhon Beruniy asarlarida Ozarbayjonning sharq va g`arb tamaddunlari bir-birini boyitgan ko`plab shaharlari tilga olingan. Sharqshunoslik instituti fondlarida esa Nizomiy, Xoqoniy, Tusiy, Fuzuliy, Xatoiy va boshqa ozarbayjon shoir va mutafakkirlarining o`nlab noyob qo`lyozmalari avaylanib saqlanmoqda.

Bu o`zbek xalqi azal-azaldan ozarbayjon madaniyatiga katta hurmat va qiziqish bildirib kelayotganining yana bir dalilidir, deb ta`kidladi O`zbekiston etakchisi.

Ma`lum qilinishicha, tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlarda ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar batafsil muhokama qilingan. 

"Muzokaralar hamkorligimizni xalqlarimiz manfaatlari yo`lida bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashga tayyorligimizni ko`rsatdi. Hozirgina salmoqli hujjatlar to`plami imzolandi. Ular orasida ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab beradigan Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to`g`risida deklarasiya imzolandi. Biz hamkorlikning muhim yo`nalishlarini ham belgilab oldik", - deydi Shavkat Mirziyoev.

Tomonlar hamkorlikni tubdan faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi, eng avvalo, iqtisodiyotlarimizning bir-birini to`ldirib turishiga ishonch bildirishgan.

Muzokaralarda hududlararo aloqalarni faollashtirishga ham alohida to`xtalib o`tilgan. Xususan, avval xabar berganimizdek, bunga joriy yil kuzida Toshkenta shahrida birinchi Hududlar forumining o`tkaziladi.

Ta`kidlanishicha, muzokaralar yakunida boshqa ko`plab masalalar qatori Madaniyat va kino kunlarini o`tkazish, gumanitar va turizm almashinuviga doir dasturlarini rivojlantirishga ahdlashib olingan.

– Ozarbayjon Prezidentining tarixiy ahamiyatga ega davlat tashrifi oldinga tashlangan ulkan qadamdir. Bugun biz birodar xalqlarimiz do`stligini yanada mustahkamlash va mamlakatlarimiz strategik sherikligini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni shakllantirdik, – deydi O`zbekiston Prezidenti.

Prezident Ilhom Aliev taklif uchun minnatdorchilik bildirib, O`zbekiston erishayotgan yutuqlardan xursand ekanini qayd etgan.

- Qardosh O`zbekiston zaminida bo`lib turganimdan, Siz bilan ikki tomonlama munosabatlarning keng doirasi va tashqi siyosiy kun tartibidagi mu\him masalalarni muhokama qilishdan mamnunman, - dedi Ilhom Aliev. – O`ylaymanki, bu haqiqatdan ham muvaffaqiyatli tashrif. Chunki muhokama qilingan mavzularning mohiyati, shakli, mazmuni bo`yicha ham, biz qabul qilgan qarorlar bo`yicha ham ushbu tashrif va kelishuvlar munosabatlarimizning yanada rivojlanishiga asos bo`ladi.

Ozarbayjon etakchisi imzolangan hujjatlar va bugungi vazifalar ijrosi mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashini qayd etgan.

– Bugun biz iqtisodiy hamkorlik, biznes tuzilmalari o`rtasidagi aloqalar, xavfsizlik va mudofaa qobiliyati, madaniy-gumanitar aloqalar to`g`risida fikr almashdik. Ya`ni, keng ma`noda aytadigan bo`lsak, faol hamkorligimiz uchun poydevor yaratilmoqda, – dedi Ozarbayjon rahbari.

Davlat rahbarlari xalqaro tuzilmalar doirasidagi o`zaro muloqot konstruktiv kechayotgani va o`zaro qo`llab-quvvatlash muhim ekanini ta`kidlashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1