1

Yana pandemiyami? Yoxud O`zbekistonda “Omicron”ning xavfli shtammi aniqlandi

Jamiyat 23.06.2022, 20:55
Yana pandemiyami? Yoxud O`zbekistonda “Omicron”ning xavfli shtammi aniqlandi

O`zbekistonga koronavirusning eng yuqumli shtammi — “Stealth-Omicron” BA.2 varianti kirib keldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, virus genomini o`rganish (sekvenlash) bo`yicha o`tkazilgan tahlillarning 33 foizida “Omicron” shtammining yangi mutasiyadagi varianti topilgan.

"Respublikamizda ushbu shtamm aniqlanib, xozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishda uning uchrayotgani kuzatilmoqda.  Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazida virus genomini o`rganish (sekvenlash) bo`yicha o`tkazilgan tahlillarda 67 foizida “Omicron” va 33 foizida “Omicron” shtammining yangi mutasiyadagi “Stealth-Omicron” BA.2 varianti topilgan",-deydi mutasaddi. 

Uning ta`kidlashicha, bugungi kunda O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi bo`yicha vaziyat barqarorligi ta`minlanib kelinmoqda. 

"Lekin o`tgan ikki yil davomida aynan iyul-avgust oylarida kasallanish ko`tarilganligi qayd etilgan. Shuning uchun koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va buster dozasi bilan qayta emlash ishlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega",-deya qayd etadi Yusupaliev . 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1