AsosiySport

Ronaldu saratonga chalingan bolalarga mukofot pulini hayriya qildi

Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ron...

Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir sahovatli ishga qo`l urdi.

31 yoshli futbolchi Fransiyada bo`lib o`tgan Evropa chempionatidagi g`alabasi uchun berilgan 275 ming evro mukofot pulini saraton bilan kasallangan bolalarga hayriya qildi. Mazkur bollar ushbu kasallikka qarshi kurash fondiga yoo`naltirildi.

Qayd etish kerakki, Ronaldu bunday sahovatli ishlarni tez-tez amalga oshirib turadi. O`tgan mavsumda EChL g`olibligidan olingan mukofot pullari ham hayriyaga sarflangan edi. Shuningdek, Krishtianu Evro–2016 yakunlariga ko`ra qo`lga kiritgan “Kumush butsa” sovrinini termadagi sherigi Naniga hadya qilgandi

Boshqa yangiliklar