AsosiyJamiyat

Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborgani aytilmoqda

'Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi” nomli xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, Qo`rg`ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 11.03.2021 yildagi kredit qarzdorligi va davlat bojini undirish to`g`risidagi qarori bo`yicha yuritilgan ijro ishi yuzasidan, ijro harakatlarini olib borish maqsadida, 14.06.2022 yilda  Xonobod shahar, “Shifobaxsh” ko`chasida joylashgan shifoxona binosiga kelgan MIB Xonobod shahar bo`limi boshlig`i A.I. va bank xodimlariga nisbatan fuqarolar Yu.M. va S.M lar qo`pol munosabatda bo`lib, fuqarolarni tinchini buzib, janjal ko`tarib, bezorilik harakatlarini sodir etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar Yu.M. va S.M larga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar