AsosiyJamiyat

Farg`onada qizni urib, tepib ketgan yigit nima sabab bu ishni sodir qilgani ma`lum bo`ldi (video)

'Farg`onada qizni urib, tepib ketgan yigit nima sabab bu ishni sodir qilgani ma`lum bo`ldi (video)'ning rasmi

Viloyat IIB Axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqalgan “Farg`onada yigit tanishi bo`lgan qizni ko`cha o`rtasida urib ketdi” sarlavxali video Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Dang`ara tumanida yashovchi, o`zaro tanish bo`lgan fuqarolar A.D, va N.T. (ayol) o`rtasida  rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida, A.D, N.T ni qo`l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib yuborgan.  

"Hozirda mazkur xolat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib,  Dang`ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko`ra qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deyilmoqda IIB xabarida.  

    Boshqa yangiliklar