1

Yangiyo`lda yuk mashinasi avtobus bilan to`qnashdi

Jamiyat 26.06.2022, 17:01
Yangiyo`lda yuk mashinasi avtobus bilan to`qnashdi

Oqibatda 1 kishi halok bo`lgan. Yana bir yo`lovchi jonlantirish bo`limida...

Hodisa yuzasidan viloyat IIBB YHXB xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTHga “Isuzu” yuk avtoulov haydovchisining uxlab qolishi sabab bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, 26 iyun kuni soat taxminan 07:00 larda haydovchi 1997 y.t. A.S. "Isuzu" rusumli yuk mashinasini M-39 Toshkent-Termiz yo`li orqali Chinoz-Toshkent yo`nalishida boshqarib ketayotib, shu yo`lning 825-chaqirimi (Yangiyo`l tumani hududi) etganda o`ziga nisbatan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1963 y.t. A.Ch. ning boshqaruvidagi "Isuzu" avtobusni orqa qismiga borib urilishi natijasida YTH sodir bo`lgan.

Natijada “Isuzu” avtobusi yo`lovchisi 1983 y.t. F.O. (ayol) olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan, shuningdek, "Isuzu" rusumli yuk avtoulovi yo`lovchisi 2000 y.t. B.S. tan jarohati bilan jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

"Shuningdek, avtobusdagi boshqa yo`lovchilarga ham birinchi yordam ko`rsatildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1