1

O`zbekistonda qator poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda

Jamiyat 26.06.2022, 17:16
O`zbekistonda qator poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda

Bunga respublikada kuzatilayotgan havo harorati sabab bo`lmoqda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko`ra, bunday ob- havo sharoitida poezdlar harakat xavsizligini ta`minlash maqsadida ayrim yo`lovchi poezdlar harakat jadvalida o`zgarish kuzatilmoqda.

Xususan, bugun

Toshkent-Buxoro yo`nalishida harakatlanadigan 10- sonli Sharq poezdi,

Toshkent – Samarqand yo`nalishida harakatini amalga oshirayotgan 768F-sonli ,

Buxoro-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 769 hamda 769 sonli“Afrosiyob” zamonaviy poezdlari,

Xiva-Andijon yo`nalishida harakatlanadigan 656 sonli, Xiva –Buxoro yo`nalishida harakatlanadigan 50-sonli hamda Toshkent- Qo`ng`iroq yo`nalishida harakatlanadigan 54-sonli yo`lovchi poezdlari manziliga harakat jadvalidan kechikib borishi kuzatilmoqda.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi",-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1