Namanganda 3 yoshli bola quduqqa tushib ketdi (video)

Jamiyat 26.06.2022, 17:27
Namanganda 3 yoshli bola quduqqa tushib ketdi (video)

Namangan viloyati Pop tumanida uch yoshli bola qopqog`i ochiq bo`lgan quduqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 22 iyun kuni 18:00 atrofida Ozod mahallasi Navro`z ko`chasidagi ko`p qavatli uyda yashovchi 2019 yilda tug`ilgan I.M. bilan sodir bo`lgan. U ko`chada o`ynab yurgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab qopqog`i ochiq turgan quduqqa tushib ketadi.

Qo`shnilarning yordami bilan bola quduqdan chiqarib olingan. 

"Holat bo`yicha tuman favqulodda vaziyatlar bo`limiga hech qanday ma`lumot kelib tushmagan",-deyiladi xabarda.

Hozirda bola sog` ekanligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1