1

Yilning ikkinchi yarmida neft narxi keskin oshishi mumkin

Iqtisodiyot 28.06.2022, 19:34
Yilning ikkinchi yarmida neft narxi keskin oshishi mumkin

Ayni vaqtda bunday mahsulotlar narxining oshish xavfi "juda yuqori", deb baholanmoqda. Zamon.uz' nashri bu haqda xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, tahlilchilar joriy yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi, Eron bilan yadroviy bitim tuzishdagi qiyinchiliklar hamda OPEK a`zolari va uning ittifoqchilarining erkin ishlab chiqarish quvvatlarining qisqarishi fonida neft narxi oshishini bashorat qilmoqda.

IHS tahliliy hisobotiga ko`ra, jahon bozorlarida taklif kam bo`lgan taqdirda bir barrel Brent nefti narxi 2022 yilning ikkinchi yarmida 135 dollargacha ko`tarilishi mumkin. Shuningdek, joriy yilning uchinchi choragida narxlar bir barrel uchun 136,3 dollargacha ko`tarilishi mumkin. Ularning prognozicha, umuman olganda, ikkinchi yarim yillikda neft narxi 135 AQSh dollari darajasida saqlanib qoladi va yiliga o`rtacha 122 AQSh dollarini tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1