“Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Evro–2016 finalida olgan jarohati hamda maydonga qaytishi haqida fikr bildirdi.
“Hammaga salom! Meni qo`llab-quvvatlayotgan muxlislardan minnatdorman va maydonga qaytganimda yanada kuchli bo`lishimni aytmoqchiman. Barchangizga tashakkur!” – deb videomurojaat qoldirdi Ronaldu o`zining “Instagram” sahifasiga.
Eslatib o`tamiz, Ronaldu jarohati sabab UEFA Superkubogi hamda Ispaniya chempionatining ilk o`tkazib yuboradi.