AsosiyJamiyat

Rasman: "Tonirovka" narxi aniq bo`ldi

'Rasman: "Tonirovka" narxi aniq bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda avtomobillarning old yon oynalarining tusini o`zgartirishga beriluvchi ruxsat uchun to`lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz  baravari etib belgilandi. 

Bu haqda "Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida"gi prezident qarorida so`z boradi.

Qaror bilan joriy yil 1 iyuldan boshlab engil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o`zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinmoqda.

Tartibga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) ishlab chiqarilganiga o`n yilgacha bo`lgan jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomototransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

b) engil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

  • ishlab chiqarilganiga o`n bir yildan o`n to`rt yilgacha bo`lgan engil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilganiga o`n besh yil va undan ortiq bo`lgan engil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo`lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan engil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar