AsosiyJamiyat

“Zarafshon” milliy bog`iga o`t ketdi

'“Zarafshon” milliy bog`iga o`t ketdi'ning rasmi

Bugun, 29 iyun kuni soat 13:15 da Jomboy tumani "Zarafshon" Milliy tabiat bog`iga qarashli o`rmonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.

Yong`in joyiga soat 13:27 da etib borilib, soat 14:40 da qurshab olingan va hodisa soat 17:00 da bartaraf etilgan. 

Yong`inni bartaraf etishga Samarqand viloyati FVBning 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgani aytilmoqda.  

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqaramasi o`z navbatida aholidan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi",-deyiladi xabarda.

Ma`lumotga ko`ra, hozirda voqea sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar