Uzbekistan Airways 2022 yil 27 iyundan boshlab 5 hududga, Toshkentdan Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar sonini oshirmoqda. Bunga yo`lovchilar orasida talabning ortishi sabab bo`lmoqda, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
2022 yil 27 iyundan – dushanba kunlari
HY 011/012 Toshkent – Nukus – Toshkent qatnovi
Toshkentdan jo`nab ketish: 07:15
Nukusga etib borish: 08:55
Nukusdan jo`nab ketish: 09:45
Toshkentga etib borish: 11:05
2022 yil 28 iyundan – seshanba kunlari
HY 025/026 Toshkent – Buxoro – Toshkent qatnovi
Toshkentdan jo`nab ketish: 20:00
Buxoroga etib borish: 21:10
Buxorodan jo`nab ketish: 22:00
Toshkentga etib borish: 23:00
2022 yil 30 iyundan – payshanba kunlari
HY 095/096 Toshkent–Namangan–Toshkent qatnovi
Toshkentdan jo`nab ketish: 07:15
Namanganga etib borish: 08:15
Namangandan jo`nab ketish: 09:05
Toshkentga etib borish: 09:55
2022 yil 1 iyuldan – juma kunlari
HY 077/078 Toshkent – Qarshi – Toshkent qatnovi
Toshkentdan jo`nab ketish: 20:00
Qarshiga etib borish: 21:00
Qarshidan jo`nab ketish: 21:50
Toshkentga etib borish: 22:50
Eslatib o`tamiz, chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Ma`lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00