1

Turkiya delegasiyasi O`zbekiston IIV akademiyasi bilan tanishdi

Jamiyat 29.06.2022, 23:11
Turkiya delegasiyasi O`zbekiston IIV akademiyasi bilan tanishdi

Ayni kunlarda Turkiya milliy polisiya akademiyasi boshlig`i o`rinbosari Fotih Inal boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan O`zbekistonda bo`lib turibti. Ular tashrif doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Vazirlik bu haqda xabar bermoqda.

Turkiyalik mehmonlar dastlab o`quv auditoriyalarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, ta`lim jarayonini monitoring qilish markazini ko`zdan kechirishgan. Delegasiya vakillari sayyor sinfxona hamda kriminalistik ekspertizalar o`tkazish uchun mo`ljallangan avtotransport vositalarining o`ziga xos imkoniyatlarini o`rganib, o`quv jarayoniga tatbiq qilingan yondashuvlarga yuqori baho berishgani aytiladi.

Shundan so`ng mehmonlar Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, Axborot-resurs markazi, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida bo`lib, tinglovchi-kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishgan. 

O`z navbatida, Fotih Inal ta`lim maskanlari o`rtasidagi hamkorlik o`zbekistonlik hamkasbining tashabbus va sa`y-harakatlari evaziga izchil rivojlanayotganini e`tirof etgan. Uning ta`kidlashicha, hozirgi murakkab davrda tajriba almashinuvini yanada kuchaytirish, istiqbolli qo`shma dasturlarni ishlab chiqish ta`lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Ma`lumot uchun, ayni kunlarda Turkiya milliy polisiya akademiyasi vakillarining O`zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1