1

O`zbekistonda havo qachon salqinlaydi?

Jamiyat 30.06.2022, 20:05
O`zbekistonda havo qachon salqinlaydi?

Sinoptiklar iyul oyida ob-havo qanday bo`lishi to`g`risida ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning iyun oyi oxirida O`zbekiston aholisi kuchli issiqning birinchi to`lqinini boshdan kechirdi. 25 iyundan boshlab maksimal havo harorati kundan-kunga oshib bordi.

27-28 iyun kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 29 iyunda hududlarning katta qismida issiq maksimal darajaga etgan. Ushbu kunlarda termometr ustuni kunning ikkini yarimida 40-42° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-46° gacha ko`tarilgan. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47° ga etib, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashgan.

"Xorazm viloyatida, Qoraqalpog`istonning, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati bo`yicha yangi rekordlar o`rnatildi"-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, bugun, 30 iyunda respublika hududining katta qismida haroratning biroz pasayishi boshlandi va bu 1 iyul kunida ham davom etadi. 

2-3 iyul kunlari hududning katta qismida harorat yana 40-41° gacha ko`tariladi. Janubning eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45° oralig`ida barqaror bo`ladi. Keyingi kunlarda esa O`zbekistonda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda shimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33° bo`lgan qulay qiymatlargacha pasayadi, so`ng bir necha kun davomida 34-37°, janubda 38-40° atrofidagacha bo`lishi saqlanib turadi.

Iyul oyining ikkinchi va uchinchi o`n yilliklarida harorat asosan 35-38° atrofida bo`lishi, ayrim kunlari ba`zi joylarda 40-42° gacha ko`tarilishi kutilmoqda.

Sinoptiklar mazkur oyda yomg`ir yog`ish ehtimoli kamligini, faqat tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkinligini bildirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1