1

Samarqandda 29 yoshli kelinning uksus ichib, o`z joniga qasd qilgani holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 01.07.2022, 10:12
Samarqandda 29 yoshli kelinning uksus ichib, o`z joniga qasd qilgani holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Avvalroq Samarqandda 29 yoshli ayol uksus ichib o`z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.

Unga ko`ra, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog`bonlar” mahallasi Yangravot ko`chasida yashovchi 11.01.1993 yilda tug`ilgan N.M. “uksus kislotasidan o`tkir zaharlanish” tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo`limiga yotqizilgan.

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo`limida vafot etgan. Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilayotgan edi. 

Ayni paytda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, Samarqandda 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1