1

"O`zgidromet" iyul oyida kutilayotgan ob-havo bo`yicha ma`lumot berdi

Jamiyat 01.07.2022, 15:07
"O`zgidromet" iyul oyida kutilayotgan ob-havo bo`yicha ma`lumot berdi

AOKAda "O`zgidromet" markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo`jaeva ishtirokida brifing o`tkazildi.

 Joriy yilning 3 iyul O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo`yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 gradusgacha pasayadi.

3-5 iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

3 iyul Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida;

3-4 iyul Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

4-5 iyul Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida

va Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-28 m/s ga etishi mumkin.

Eslatib o`tamiz 27-28 iyun kunlari shimolda va cho`l hududlarda, 29 iyunda hududlarning katta qismida issiq maksimal darajaga etdi. Ushbu kunlarda termometr ustuni kunning ikkini yarimida 40-42o gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-46o gacha ko`tarildi. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47o ga etdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashdi. Xorazm viloyatida, Qoraqalpog`istonning, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati bo`yicha yangi rekordlar o`rnatildi.

30 iyunda respublika hududining katta qismida haroratning biroz pasayishi boshlandi va u 1 iyul kunida ham davom etadi.

Yuqorida ta`kidlanganidek keyingi kunlarda bizni nisbatan salqin havo kutmoqda.

 Iyul oyining ikkinchi va uchinchi o`n kunligida harorat asosan

35-38o atrofida bo`lishi, ayrim kunlari ba`zi joylarda 40-42o gacha ko`tarilishi kutilmoqda.

Iyul oyida yomg`ir yog`ish ehtimoli kam, faqat tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin.

O`zbekiston aholisida qadimdan jazirama issiqda o`zini tutish madaniyati shakllangan. Ammo yozning issiq kunlarida xatti-harakatlarning ba`zi asosiy qoidalari haqida biz sizga yana bir bor eslatib o`tamiz.

Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa kunning o`rtasida. Agar bu ilojisi bo`lmasa, tanani va boshni to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

Ko`p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko`k choy iching.

Ko`proq meva, sabzavotlarni iste`mol qiling. Juda achchiq va yog`li ovqatlarni ite`mol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do`konlardan mahsulotlarni xarid qilmang - ular quyoshda qancha vaqt bo`lganini bilmaysizku.

Kondisionerli xonada bo`lganingizda, to`g`ridan-to`g`ri sovuq havo oqimi tagida o`tirmang va kondisionerni 18 darajadan past bo`lmagan haroratga “dasturlang”.

Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo`yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1