1

O`zbekistonda havo salqinlashi kutilmoqda

Jamiyat 03.07.2022, 09:38
O`zbekistonda havo salqinlashi kutilmoqda

Joriy yilning 3 iyul O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo`yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 gacha pasayadi. "O`zgidromet" bu bo`yicha shoshilinch axborot e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, 3-5 iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlari kuzatilishi kutilmoqda:

  • 3 iyul Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida;
  • 3-4 iyul Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
  • 4-5 iyul Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi hududlarida ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-28 m/s ga etishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1