Ichan Qaladagi ayrim bino va uylarga termitlar jiddiy zarar etkazgan. Bu haqda “Mening Yurtim” telekanalidagi “Markaziy Studiya” ko`rsatuvi xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
“Ichan Qal`a” davlat muzey qo`riqxonasi ilmiy xodimi Muzaffar Masharipovning so`zlariga ko`ra, hozirda shahardagi Juma masjidi tarixiy obidasi termitlar “hujumiga uchragan”.
“Masjidning ayrimlariga termitlar 1 metrgacha zarar keltirgan. Hozirda ularni tutish uchun qopqonlar qo`yilgan”, – degan ilmiy xodim.
Tarixiy obidalar atrofida joylashgan aholi xonadonlari ham ushbu ofatdan aziyat chekmoqda. Mahalliy aholi vakillari so`zlariga ko`ra, shaharda termitlar 2003 yilda aniqlangan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq ham “Ichan-Qal`a”dagi 33ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar etkazayotgani xabar qilingan edi.