AsosiyJamiyat

Metroda yo`lovchi qaytim yo`qligi uchun kassadan qaytarib yuborildi

'Metroda yo`lovchi qaytim yo`qligi uchun kassadan qaytarib yuborildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda yo`lovchilardan biri shoshilib “Turkiston” metro bekatiga tushgani va kassaga ellik ming so`m pul berib, chipta olmoqchi bo`lganida operator qaytim yo`qligi sabab uni ortga qaytargani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent metropoliteni munosabat bildirib, uzr so`rab chiqdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa Toshkent metropolitenining "Turkiston" bekatidagi kassalardan birida yuz bergan.

Munosbatda aytilishicha, Toshkent metropolitenidagi kassa operatorlari navbatchilik asosida faoliyat yuritishadi. Holat yuz bergan vaqtda operator kunduzgi navbatchilikni qabul qilayotgan bo`lib, navbatchilik almashilganidan so`ng doimiy ravishda kassadagi mavjud pullar metropoliten yo`riqnomasiga asosan olib ketiladi. Kunlik pul aylanmasidan kelib chiqilib qaytim uchun kassada yuz ming so`m naqt pul fondi qoldiriladi.

"Xususan, navbatchilik almashganidan so`ng ilk yo`lovchilarning biri yuz ming so`m,  yana biri esa ellik ming so`m kupyura berib bittadan chipta harid qilgani sabab,  kassada qaytim uchun etarli mablag` qolmagan. Shuningdek,  jami 3,5 daqiqa vaqt ichida katta operator bekatning ikkinchi vestibyulidan qaytim uchun pul olib kelgan. Keltirilgan noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar